Germaniya va Niderlandiyada 9 nafar markaziy osiyolik terrorizmda gumon qilinib, qo‘lga olindi
Olam
−
06 iyul 2023
4717Bugun, 6 iyul kuni Germaniya va Niderlandiya politsiyasi terrorizmda gumon qilib, Markaziy Osiyodan to‘qqiz nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda Germaniya Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ular 1 nafar Turkmaniston, Qirg‘iziston va 5 nafar Tojikiston fuqarolari ekani aniqlangan. Ularni hibsga olishga orderda gumonlanuvchilar bir-birini uzoq vaqtdan beri bilishi va radikal islomiy qarashlarga ega ekani aytilgan.
2022 yilning bahorida ular deyarli bir vaqtning o‘zida Ukrainadan Germaniyaga borgan. O‘sha yilning iyun oyi oxirida ular Germaniyada ISHID ruhida shov-shuvli teraktlar amalga oshirish maqsadida terrorchilik tashkilotini tuzish uchun birlashgan.
Qo‘lga olinganlar xorijda bo‘lgan ISHIDning Xuroson viloyati hududiy bo‘limi xodimlari bilan aloqada bo‘lgan. O‘z rejasini amalga oshirish uchun gumonlanuvchilar Germaniyadagi nishonlarni olib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat joylarini ko‘zdan kechirgan va qurol olishga harakat qilgan.
Qirg‘iziston fuqarosidan boshqa hamma pul yig‘ib, qayta-qayta ISHIDga o‘tkazgan. Niderlandiyada yashovchi 29 yoshli Tojikiston fuqarosi qo‘lga olinganlar bilan aloqada bo‘lgan. Mahalliy politsiya uni ISHID a’zosi va terakt tayyorlashga buyruq berganlikda gumon qilmoqda.
"Uning rejalari hali aniq bo‘lmagan bo‘lsada, ular Niderlandiya prokuraturasi aralashuvi uchun yetarlicha jiddiy edi", deydi Niderlandiya nazorat organi.
Ma’lum qilinishicha, tojikistonlik erkak va uning xotini qo‘lga olingan.
LiveBarchasi