Germaniya Ukrainaga yarim mlrd dollarlik qurol yetkazib bermoqchi

Olam

image

Kecha, 13 avgust kuni Germaniya hukumati AQSHdan Ukraina uchun qurol va o‘q-dorilar xarid qilish maqsadida 500 million dollar ajratishini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Bu xaridlar yangi PURL dasturi doirasida amalga oshiriladi. Germaniya Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma bayonotida aytilishicha, yordam paketlariga Yevropa sanoati ishlab chiqarmaydigan, Yevropa hamkorlari yoki Kanadaga qaraganda AQSH tezroq yetkazib bera oladigan harbiy mahsulotlar kiritiladi. Masalan, muhim havo hujumidan mudofaa vositalari – ular Rossiya havo hujumlaridan himoyalanish uchun shoshilinch zarur.

Germaniyaning yarim milliard dollarlik badali PURL deb nomlangan ushbu yangi mexanizm doirasidagi uchinchi badal bo‘ldi. PURL inglizcha nomning qisqartmasi bo‘lib, “Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati” degan ma’noni anglatadi. 

Ukrainani ta’minlashning bu yangi mexanizmi – Yevropadagi NATO davlatlari AQSHdan qurol xarid qilib, uni Ukrainaga topshirishini o‘z ichiga oladi. Uni joriy yilning 14 iyul kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya, Shvetsiya va Daniya hukumati Ukrainaga AQSHdan qurol xarid qilish uchun 486 million dollar ajratgan edi. Shvetsiya ushbu tashabbus doirasida 275 million dollar ajratishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing