Germaniya Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib beradi

Olam

image

Germaniya Ukraina uchun Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib beradi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Germaniyadan qo‘shimcha Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deb yozgan u.

Shuningdek, Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari ham muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, ushbu tizim 68 kilometrgacha radiusdagi hududni himoya qilishi, 50 tagacha nishonni kuzatishi va ulardan beshtasini bir vaqtning o‘zida urib tushirishi mumkin. Yuqori aniqlikka ega mudofaa tizimi samolyotlar, qanotli raketalar, kattaroq dronlar va qisqa masofali ballistik raketalarga qarshi juda foydali hisoblanadi. Biroq pastlab uchuvchi jismlar va kichik dronlarga qarshi qo‘llash ko‘zlangan natijani bermaydi. Amaldagi versiya mudofaa tizimi raketasi 2 kilometrgacha balandlikka uchishi va 160 kilometr uzoqlikdagi nishonni yo‘q qilishi mumkin. Tizimni ishga tushirish uchun 90 kishilik shaxsiy tarkib talab etiladi. Mudofaa tizimining umumiy narxi hozirda taxminan 14 million dollarga baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vilnyusdagi sammit doirasida Norvegiya Ukraina uchun mingta 32 grammli Black Hornet razvedka dronlarini berishini e’lon qilgandi. Fransiya esa Scalp havo-yer tipidagi raketasini allaqachon Ukrainaga topshirdi. Bundan tashqari, Avstraliya Ukraina uchun yana 30 ta Bushmaster harbiy transport vositalarini yetkazib berishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing