Germaniya Ukrainaga 178 ta Leopard 1 tankini yetkazib beradi

Olam

image

Germaniya hukumati Ukrainaga 178 ta Leopard 1A5 tankini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi nemis kompaniyalariga 178 tagacha eskirgan tanklarni eksport qilish uchun litsenziyalar bergan.

“Ukraina oladigan tanklarning haqiqiy soni tanklarni ta’mirlash natijalariga bog‘liq”, deyiladi xabarda.

Leopard'ni moliyalashtirish, ta’mirlash va Ukraina harbiylarini tanklardan foydalanishga o‘rgatish Germaniyaning yevropalik hamkorlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda.

Germaniya harbiy departamentining yana bir xabarida Daniya, Germaniya va Niderlandiya birgalikda Ukrainaga kamida 100 ta ta’mirlangan Leopard 1A5 jangovar tanklarini yuborishi kerak bo‘lgan kelishuvga ishora qilinadi.

Qayd etilishicha, tanklar Germaniya mudofaa sanoatining zaxiralarida. Birinchi yetkazib berish bir necha oy ichida bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, mamlakatlar Ukraina Qurolli Kuchlariga ehtiyot qismlar va o‘q-dorilar to‘plamini jo‘natadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Leopard 1A5

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing