Germaniya Ukrainaga harbiy yordam jo‘natdi. Paketda qanday yangi qurollar bor? 

Olam

image

Germaniya o‘tgan haftada Ukrainaga urushda foydalanishi uchun harbiy mashinalar yetkazib berdi. Bu haqda Germaniya hukumatining Kiyevga ko‘rsatgan yoki kelajakda taqdim etishi rejalashtirilayotgan harbiy yordamlar ro‘yxatida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Ukrainaga minalardan tozalash uchun ishlatiladigan ikkita Wisent 1 zirhli mashinasi, uchta Vector razvedka droni va to‘qqizta chegara qo‘riqlash mashinasi yuborilgan.

Bundan tashqari, Germaniya Ukrainaga 5 ta SurveilSPIRE avtomatlashtirilgan razvedka tizimi, T-72 tanklari uchun 11 ta minalarga qarshi qurilma va 5 ta mobil antenna-minora tizimini yetkazib bergan.

Aytish joizki, 25 ta eski Leopard 1 tanki va 40 ta Marder zirhli avtomobilini o‘z ichiga olgan yangi yordam paketi 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida e’lon qilingan. Yangi paketning qiymati 700 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Germaniyadan Ukrainaga yetkazilgan harbiy, moliyaviy va gumanitar yordamning umumiy miqdori 2022 yil fevralidan buyon deyarli 17 milliard yevroga yetgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Berlin Kiyevga 10 ta Leopard 1 tanki, 20 ta MG3 tank pulemyoti, yuz minglab tibbiy to‘plamlar, 10 ta radar va mingdan ortiq 155 mm o‘lchamdagi snaryadlar yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing