Germaniya Rossiyadan suyultirilgan gaz sotib olishni to‘xtatmoqchi
Olam
−
31 yanvar 2023
4550Germaniya hukumati Rossiyadan suyultirilgan gaz (LNG) sotib olishni to‘xtatish choralarini ko‘radi. Bu haqda 30 yanvar kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Germaniya energetika vaziri o‘rinbosari Patrik Greyxen tomonidan konservativ deputatlar savollariga javoban tuzilgan hujjatda hukumat Rossiyadan suyultirilgan gaz olishni to‘xtatish bo‘yicha zaruriy ishlarni amalga oshirishi ma’lum qilingan.
“Federal hukumat kompaniyalarni iloji bo‘lsa, Rossiyadan LNG sotib olishni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi haqida ma’lum qildi”, deya hujjatdan ko‘chirma keltirgan “Bloomberg” agentligi.
Hujjatda Germaniya hukumati Rossiyadan LNG importini qo‘llab-quvvatlamasligi qayd etilgan. Germaniya Iqtisodiyot vazirligi vakili mazkur hujjat bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner Germaniya Rossiya energiya ta’minoti importiga qaram bo‘lishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi