Germaniya Prezidenti Yashnoboddagi tekstil korxonasi bilan tanishdi

Jamiyat

image

Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Bakan Tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Korxona 2018 yil 1 yanvardan ish boshlagan. Germaniyaning “Truchler”, “Zenser”, “Saurer” kabi yetakchi kompaniyalari texnologiyalari bilan jihozlangan korxonada paxtadan ip-kalava ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli korxona mahsulotining asosiy qismi, ya’ni 60 foizi eksportga yo‘naltirilgan.

Германия Президенти талабаларнинг илмий изланишлари билан қизиқди

Korxona qurilishi 2016-2017 yillarda amalga oshirilib, loyihaning umumiy qiymati 52 million dollarni tashkil etadi. Ayni paytda 500 dan ziyod ishchi mehnat qilib, ularning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 14 ming 500 tonna. E’tiborlisi, korxonada ishlab chiqarish tizimi to‘liq avtomatlashtirilgan. Xususan korxonada respublikada yagona avtomatik qadoqlash, o‘z-o‘zini tozalash, chiqindilarni avtomatik pressga yo‘naltirish tizimlari o‘rnatilgan. Bu korxonada ekologik toza va sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

4.JPG

Korxonada ish uch smenada tashkil etilgan. Uch nafar malakali xorijiy mutaxassislar ish jarayonini muvofiqlashtirib, ishchilarga ko‘maklashmoqda. E’tiborlisi, korxonada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yigiruv” fakulteti filiali ochilgan. Bu yerda malakali mutaxassislar tomonidan talabalarga yigirish va texnologik uskunalar imkoniyatlari bo‘yicha o‘quv amaliy darslar va master klasslar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

5.JPG

ISO-9001 sifat menejmentiga ega korxona mahsulotlari raqobatbardoshligi bilan dunyo bozorida xaridorgir. Ayni paytda mahsulotlar MDH davlatlari, Xitoy va Turkiyaga eksport qilinmoqda. 2018 yil yakuniga ko‘ra 9,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Joriy yilning o‘tgan davrida 5 ming 770 tonna paxta tolasidan 4 ming 800 tonna ip-kalava ishlab chiqarilgan, 13 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltirilgan.

17.jpg

Dastlab korxona faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish, qadoshlash va eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan jarayon bilan tanishgan Frank-Valter Shtaynmayer va Germaniya delegatsiyasi vakillariga korxona faoliyati katta taassurot qoldirdi. Mehmonlarga xomashyoning qayerdan olinishi va uni qayta ishlash tizimi, texnologiyalarning afzalliklari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining "yigiruv" fakulteti filiali talabalari bilan suhbatlashdi. Talabalarning o‘qishlari va ayni paytda qanday tajribalar ustida ish olib borayotganiga qiziqdi. Ularning o‘qish va ilmiy izlanishlariga omad tiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing