Shavkat Mirziyoyev va Shtaynmayer qo‘shma bayonot imzoladi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilib, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, davlat rahbarlari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotgan va yangilarini boshlashni rejalashtirayotgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillarini samimiy qutlagan.

Ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tgan. O‘zbekistonda shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni bajarish uchun grant mablag‘lari ajratish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutuvchi moliyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlar imzolangan.

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida bir qator qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalariga start berilgan. Toshkent shahrida “Volkswagen” avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish, Andijon viloyatida logistika markazini barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalarini ishlab chiqarish, temir yo‘l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy imtihon markazlarini ochish kabi loyihalar shular jumlasidan.

Bildirilishicha, ushbu tashabbuslarni amalga oshirish sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayerning tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing