O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari Ko‘ksaroyda daraxt ekdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, oliy darajadagi O‘zbekiston – Germaniya muzokaralari yakunida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer daraxt ekish marosimida ishtirok etgan.

Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida ekilgan daraxt O‘zbekiston va Germaniya xalqlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik, ishonch va o‘zaro anglashuv rishtalarining ramziga aylanib, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqich boshlanganining timsoli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi bilan O‘zbekistonga kelgani va Ko‘ksaroy qarorgohida uni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayerning tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi va muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilinib, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Frank-Val'ter Shtaynmayer Ko'ksaroy Faxriy mehmonlar xiyoboni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing