Germaniya Prezidenti tantanali kutib olindi
Jamiyat
−
17 iyun 1410 1 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etgan.


O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangragan. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirgan.


Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgan, so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi