Germaniya Prezidenti saroyi “svet”ni qanday tejash kerakligini amalda ko‘rsatib berdi

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning qarorgohi – Belvyu saroyi elektr energiyasini tejash maqsadida tungi vaqtda yoritilmaydi. Bu haqda DPA agentligiga Germaniya davlati rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda energiya ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan murakkab vaziyatda Belvyu saroyining chiroqlari faqat maxsus holatlarda, masalan, davlat tashriflari chog‘ida, tungi vaqtda yoqiladi. Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, may oyida bino fasadini yoritish o‘chirilgan, tashqi hududni yoritish xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur bo‘lgan darajada cheklangan.

Germaniya Prezidentining vakilining qo‘shimcha qilishicha, energiya tejash doirasida saroyni geotermal usulda isitish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Shu maqsadda sinov burg‘ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda davlat rahbarining qarorgohi markazlashtirilgan isitish tizimi orqali isitiladi, konditsioner yo‘q. Bundan tashqari, elektr energiyasining bir qismi saroy tomidagi fotovoltaik qurilmalar tomonidan ishlab chiqariladi.

Avvalroq, Berlin meri Fransiska Giffi elektr energiyasini tejash maqsadida Brandenburg darvozasi va Berlin Senati binosi kabi jamoat ob’ektlari yorug‘ligini yarim tundan keyin o‘chirishni taklif qilgan edi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralarning ko‘rilishi shaharni zulmatga botishi kerak degani emas. Energiyani tejashning “xavfsizlik talablari” va “og‘riqsiz” usullari o‘rtasidagi muvozanatni topish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya elektr energiyasi

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing