Germaniya mamlakatdagi barcha Eron konsulliklarini yopadi
Olam
−
31 Oktabr
1973Bugun, 31 oktyabr kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Eronda Germaniya fuqarosi qatl etilishi fonida mamlakatning o‘z hududidagi barcha bosh konsulliklarini yopishga qaror qildi. Bu haqda “Handelsblatt” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki fuqarolikka ega bo‘lgan Jamshid Sharmahdning qatl etilishiga javoban Germaniya federal hukumati mamlakatdagi Eronning uchta bosh konsulligini yopmoqda. TIV ma’lumotiga ko‘ra, bu Frankfurt, Gamburg va Myunxendagi diplomatik vakolatxonalarni qamrab oladi, ammo Berlin shahridagi elchixona ochiq qoladi.
Bildirilishicha, Germaniyadagi boshqa davlatlarning xorijiy vakolatxonalarini yopish diplomatiyadagi so‘nggi choralardan biri hisoblanadi. Oxirgi marta federal hukumat 2023 yilda shunday chora ko‘rgan va o‘shanda Rossiyaning Germaniyadagi beshta bosh konsulligidan to‘rttasining litsenziyasini bekor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan eronlik Jamshid Sharmahd Erondagi hibsxonada qatl etilgan edi. Sharmahd Eron poytaxti Tehronda tug‘ilgan, ammo Germaniyada ulg‘aygan va 2000 yillarning boshida AQSHga ko‘chib o‘tgan. U yerda Eron muxolifatining surgundagi guruhlaridan birida faol bo‘lgan. Eron Sharmahdni mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik hujumi uchun javobgar sifatida ayblagan. 69 yoshli Sharmahd 2020 yil yozida Dubayga qilgan safari paytida Eron hududiga majburan olib ketilgan. Shundan beri u yakka tartibdagi qamoqda saqlangan.
LiveBarchasi