Germaniya kansleri evakuatsiya jarayonidagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi (video)

Jamiyat

image

Germaniya Hukumati rahbari Angela Merkel Afg‘onistondan, birinchi navbatda, o‘z fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlarni evakuatsiya qilayotganini ta’kidlab, bu jarayonda yordam bergani uchun O‘zbekistonga alohida minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Bundeskanzlerin” veb-saytida xabar berildi.

“Shuningdek men, yaqindan hamkorlik qilayotgan O‘zbekistonga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Chunki fuqarolarimizni Qobuldan evakuatsiya qilish jarayonida Toshkent orqali qisqa masofani bosib o‘tdik”, deydi Germaniya federal kansleri.

Bundan avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer hamda kansler Angela Merkel bilan Germaniya, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolarini Toshkent aeroporti orqali evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirish masalalarini muhokama qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniya shu vaqtgacha 900 kishini Qobuldan olib chiqdi. Qayd etish kerakki, rasmiy Berlin Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishda Toshkent aeroportidan tranzit yo‘lak sifatida foydalanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing