Germaniya Ispaniyaga qarshi o‘yinga yashirin rejimda tayyorlanmoqda

Sport

image

Germaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati chorak finalini Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. Mezbonlar ushbu o‘yinga yashirin tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bundestim” mashg‘ulotlarni butunlay yashirin o‘tkazish uchun maxsus hududga borib mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Bu orqali Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Julian Nagelsmann jamoa haqida ma’lumotlar tarmoqlarga kamroq sizdirilishini maqsad qilgan. 

Ikki mashg‘ulot maydonchasi atrofidagi to‘siqlar baland brezent bilan qoplangan. Xavfsizlik tashkilotlari hududni qattiq qo‘riqlaydi.

Shuningdek, o‘rnatilgan politsiya otryadi jamoani himoya qilish uchun doimiy ravishda jamoat yo‘llarida bo‘ladi. O‘tayotganlar xavfsizlik xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. 

Ma’lumot uchun, Germaniya-Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Bahs g‘olibi Yevro-2024 yarim finalida Portugaliya-Fransiya qarama-qarshiligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing