Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Germaniya iroqlik qochqinlarni deportatsiya qiladi

Olam

image

Germaniya yaqin haftalar ichida Iroq poytaxti Bag‘dodga iroqlik qochqinlar guruhini deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya Federal migratsiya va qochqinlar ishlari idorasi (BAMF) xabar berdi.

BAMF vakiliga ko‘ra, deportatsiyalar 17 fevral va 4 mart kunlari amalga oshiriladi. Deportatsiya qilinganlar orasida Iroq fuqarolaridan tashqari Gruziya va Pokiston fuqarolari ham bo‘ladi.

Deportatsiya to‘g‘risidagi qaror Germaniya va Iroq o‘rtasida 2023 yil boshida imzolangan kelishuv doirasida qabul qilingan. Ushbu kelishuv boshpana ololmagan qochqinlarning o‘z xohishiga ko‘ra vataniga qaytarilishiga imkon beradi.

Deportatsiyaga javoban Germaniyada yashovchi kurdlar guruhi va boshqa faollar Gannover aeroportida norozilik namoyishi o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

2024 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyada 279 ming 49 nafar Iroq va Iroq Kurdistoni fuqarosi istiqomat qilgan, shundan 22 757 nafari boshpana olmagan. O‘tgan yili ularning 222 nafari deportatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada parlament muxolifati migratsiya siyosatini tubdan qat’iylashtirishga qaratilgan rezolyutsiyaning qabul qilinishiga erishgan edi. Bundestag deputatlarining ko‘pchiligi Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoqi (XDI/XSI) bloki tomonidan ilgari surilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Hujjat doimiy chegara nazoratini qayta joriy etish, boshpana berishdan chegarada voz kechish imkoniyati va deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chet elliklarni hibsga olish choralarini o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Iroq deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing