Germaniya elchisi Rossiya TIVga chaqirtirildi
Olam
−
04 mart
11433Germaniyaning Moskvadagi elchisi Aleksandr Lambsdorff Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Aytilishicha, diplomat Rossiya TIVga Bundesver zobitlari o‘rtasida Qrim ko‘prigiga hujum qilish bo‘yicha suhbat audiosi tarqalgani munosabati bilan chaqirilgan.
Qayd etilishicha, Lambsdorff jurnalistlarning tashrifi sabablari haqidagi savollariga javob berishdan bosh tortgan holda bino tomon yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 mart kuni “Rossiya Segodnya” media guruhi va “Russia Today” telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Germaniya Bundesverining yuqori martabali zobitlari “Qrim ko‘prigini qanday bombardimon qilish”ni muhokama qilgan audioyozuvni e’lon qilgandi. Audioyozuvda harbiylar TAURUS raketalarini qanday o‘rnatish va Qrim ko‘prigi orqali "qizil chiziq"ni kesib o‘tmaslik va Ukrainadagi mojaroning yaqqol ishtirokchisiga aylanmaslik uchun ukrainalik harbiylarni raketalarni uchirishga o‘rgatish haqida gaplashayotgani yozib olingan.
Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius nemis oliy martabali harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi suhbatning Rossiya OAV tomonidan chop etilishini Moskva olib borayotgan axborot urushining bir qismi deb atadi.
LiveBarchasi