Germaniya aholisi keskin kamaymoqda
Olam
−
17 fevral 1019 1 daqiqa
Germaniya aholisi kelgusi o‘n yilliklarda avval kutilganidan ko‘ra ancha tezroq kamayishi mumkin. Bu haqda bugun, 17 fevral kuni e’lon qilingan Myunxendagi Ifo instituti tadqiqotida so‘z boradi.
Yangi prognozlarga ko‘ra, 2070 yilga borib mamlakat aholisi 10 foizga qisqarish ehtimoli bor. Ilgari aholi soni 2070 yilgacha atigi 1 foizga kamayadi deb hisoblangan. Biroq 2022 yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalari bu taxminlarni qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lgan. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya aholisi o‘sha paytda 81,9 million kishini tashkil etgan bo‘lib, bu avvalgi hisob-kitoblardan qariyb 100 ming kishiga kam.
Ifo instituti uzoq muddatda aholi sonining kamayishi va qarish jarayoni kuchayishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, ishchi kuchi tanqisligi yanada kuchayishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim hududlarda uy-joy bozori barqarorlashishi ehtimoli bor. Demografik pasayish transport infratuzilmasi va davlat sektoridagi kadrlar ehtiyojiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy demografik inqirozga texnologik yechim topgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi