Germaniya 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Olam
−
28 yanvar
9753Germaniyada 1 fevraldan boshlab qisqaroq ish haftasi samaradorlikni oshiradimi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlanadi, rejim 45 kompaniyada olti oy davom etadi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, yuzlab korxona xodimlari oylik maoshini to‘liq saqlab qolgan holda har hafta qo‘shimcha dam oladi.
“Men yangi ishga sarmoya kiritish o‘z samarasini berishiga aminman, chunki bu farovonlik va motivatsiyani kuchaytiradi, shuning uchun ishda unumdorlik oshadi”, degan loyihada ishtirok etayotgan kompaniyalardan birining asoschisi Soren Frik.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Germaniyada so‘nggi 30 yillikdagi eng yirik ish tashlash bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi