Germaniya 2029 yilgacha milliardlab yevrodan quruq qolishi mumkin

Olam

image

Germaniyaning yangi hukumati yaqin yillarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli soliq tushumlari bo‘yicha milliardlab yevroga kamaygan daromadni boshdan kechiradi. Bu haqda tadqiqotchilarning tahliliga tayanib, “Deutsche Welle” xabar berdi.

Germaniya Iqtisodiyot vazirligi ishchi guruhining hisobotiga ko‘ra, 2029 yilgacha federal hukumat kutganidan 33,3 milliard yevroga kamroq daromad oladi.

Nashrga ko‘ra, daromadlarning kamayishiga asosiy sabab – aholiga berilayotgan yangi soliq imtiyozlari sanaladi. Joriy yilning aprel oyida Germaniya Iqtisodiyot vazirligi e’lon qilgan prognozga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti 2025 yilda mutlaqo o‘smasligi , 2026 yilda esa atigi 1 foiz o‘sishi kutilmoqda.

Germaniya Moliya vaziri va vitse-kansler Lars Klingbaylga ko‘ra, mamlakat so‘ngi yillardagi eng katta modernizatsiyani boshlamoqchi.

“Yangi moliyaviy manyovr imkoniyatlarini faqat iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish orqali qo‘lga kiritish mumkin. Shu sababli, biz mamlakatimizning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta modernizatsiyasini boshlayapmiz”, degan Klingbayl.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda byudjetni konsolidatsiya qilish jarayoni boshlangan. 2025 yil bahorgi prognozga ko‘ra, umumiy byudjet taqchilligi 2,7 milliard yevroni tashkil qiladi. Shundan 0,6 milliard yevro federal hukumat hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, Germaniya ishbilarmonlar hamjamiyati ham soliq yengilliklarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 may kuni Bundestag ovoz berishning ikkinchi bosqichida Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Mersni Germaniya kansleri etib saylagandi. Mers saylanishi uchun 316 ovoz kerak edi, u birinchi bosqichda 310 ta ovoz, ikkinchi bosqichda esa 325 ovoz olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing