Germaniya havo kuchlari va uning NATOdagi sheriklari yashirin mashqlar o‘tkazmoqda
Olam
−
15 Oktabr 2020
7353Germaniya havo kuchlari va uning NATOdagi sheriklari "Bardoshli peshin" deb nomlangan yashirin mashqlar o‘tkazmoqdalar. Bu haqda "Bild" nashri ma’lum qildi.
Mashqlar Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi aviabazada o‘tkazilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu hudud Reynland-Pfalsning Byuxel shahrida joylashgan bo‘lib, unda Amerikaning B61 kabi vodorod bombalari saqlanadi.
Shuningdek, Byuxelda bir vaqtning o‘zida "Barqaror gvardiya" mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani xabar qilingan. Unda havo kuchlari "Patriot" sistemasi yordamida aviabazani hujumdan himoya qilishga o‘rgatmoqda.
Ta’kidlanishicha, mashqlarga Gollandiya, Belgiya va Italiya jangchilari jalb qilingan.
Harbiy ekspertlarning aytishicha, "Bardoshli peshin" mashg‘ulotlari Amerikaning yadro qurollarini yer osti omborxonalaridan samolyotgacha xavfsiz tashish va uni o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Nashr o‘quv mashg‘ulotlari snaryadlarsiz o‘tkazilayotganini ta’kidlagan.
Maqola mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, NATO mamlakatlari so‘nggi o‘ttiz yil ichida yadro urushi xavfi kuchayotganidan xavotirda. Xavf AQSHning O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi, shuningdek, SNV-3 ning uzaytirilishi haqidagi shubhalar bilan bog‘liq.
Avvalroq, Xitoy raisi Si Szinpin Guandun provinsiyasidagi harbiy bazada bo‘lib, Xitoylik askarlar butun ruhiyati va energiyasini bo‘lg‘usi urushga tayyorlanishga sarflashi kerakligini aytgandi.