Germaniya ham to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tyapti
Olam
−
04 Sentabr 2023
6978Germaniyada ish haqi saqlangan holda to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish sinov loyihasida 50 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi. Bu haqda RND agentligi ma’lum qildi.
Sentyabr oyidan Germaniya kompaniyalari to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha eksperimentda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Ulardan 50 dan ortig‘i to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha maslahat olish uchun tanlab olinadi. Kompaniyalar 2024 yilning fevral oyidan boshlab, olti oy davomida yangi tartibga o‘tadilar. Xodimlarning maoshi o‘zgarishsiz qoladi. Tajribada turli kompaniyalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bu Germaniyadagi eng katta sinov bo‘ladi. Avstraliya, Islandiya va Buyuk Britaniya allaqachon bunday modelni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa-da, ba’zi nemis ishbilarmonlari va siyosatchilari Germaniyada yangi tartib natija bermasligi va iqtisodiyotni orqaga tortishini aytishmoqda.
Buyuk Britaniyadagi shunga o‘xshash test natijasiga ko‘ra, to‘rt kun ishlagan xodimlar odatda o‘zlarini baxtliroq va sog‘lomroq his qilishini aniqladi. Misol uchun, ular kasallik ta’tilini olish ehtimoli kamroq. Tajribada ishtirok etgan Britaniya kompaniyalarining foydasi o‘rtacha 1,4 foizga oshgan. Modelni sinovdan o‘tkazgan 10 ta firmadan 9 tasi doimiy to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 2023 yil 1 iyuldan to‘rt kunlik ish haftasi joriy qilinishi haqida xabar bergandik.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi