Georgiy Kvirikashvili: “O‘zbekiston qisqa davrda juda ko‘p o‘zgarishlarga erishdi”

Jamiyat

image

2019 yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq  Safoyevning O‘zbekiston parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) xalqaro konsultanti Georgiy Kvirikashvili bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida joriy yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish xususida so‘z yuritildi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar saylov jarayonining ochiqligida, fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligining kuchayishida, shuningdek, fuqarolik jamiyatining hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha barcha bosqichlarni xolisona va har tomonlama yoritib borayotgan ommaviy axborot vositalarining roli oshayotganligida ham namoyon bo‘lmoqda”, - deyiladi xabarda.

Georgiy Kvirikashvili so‘nggi yillarda O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar yuz berganligini ta’kidlab o‘tdi. 

“Uch yil avval men, YeTTB maslahatchisi sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimda, u kishi O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga ochiq va tayyor bo‘lishi shart degan edi. Darhaqiqat, qisqa davrda mamlakatda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunga dalil sifatida Britaniyaning nufuzli jurnali - “The Economist” tahlili bo‘yicha O‘zbekiston yil mamlakati sifatida e’tirof etilganini keltirish mumkin”.


Maqola muallifi

Teglar

ETTB Georgiy Kvirikashvili

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing