“Genotsid”. Baydenning bayonoti AQSH razvedkasini hayratda qoldirdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning Ukrainadagi voqealar unga genotsid bo‘lib tuyulishi haqidagi so‘zlari Amerika razvedkasini hayratda qoldirdi. Bu haqda NBC ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Amerika razvedka xizmatlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar Amerika ma’muriyati rahbari fikriga zid keladi. 

“Genotsidning ta’rifi etnik guruh yoki millatni yo‘q qilishni o‘z ichiga oladi, biroq hozircha biz buni kuzatmadik”, deb iqtibos keltirgan telekanal AQSH razvedka xizmatining ismini oshkor etmagan xodimining so‘zlaridan. 

Amerika ma’muriyati esa Baydenning bu fikridan hayratga tushmagan, chunki u oldin ham bu haqda shaxsiy suhbatlarda so‘z ochgan, biroq Ayova shtatidagi nutqida Baydenning ushbu mavzu bo‘yicha ommaviy bayonoti Oq uy vakillarini hayratda qoldirgan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda bu Amerika Prezidentining o‘z ma’muriyati pozitsiyasiga zid bo‘lgan uchinchi bayonotidir. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi vaziyatni genotsid deb atagandi. Keyinroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Baydenning so‘zlari uning shaxsiy fikri va Ukrainadagi vaziyatga qarashini aks ettirishini tushuntirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Prezidentining bayonoti tinchlik muzokaralari istiqboliga putur etkaza olmaydi va AQSHning vaziyatni hal qilish bo‘yicha pozitsiyasiga ta’sir qilmaydi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenning genotsid haqidagi so‘zlarini sharhlar ekan, Kreml bunday bayonotlarga mutlaqo qo‘shilmasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u bombalari butun dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan davlat rahbarining bunday gaplarini qabul qilib bo‘lmaydigan va kechirib bo‘lmas deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

genotsid Bayden

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing