Gennadiy Golovkin Saul Alvaresning ojiz nuqtasini ma’lum qildi

Sport

image

Professional boksning o‘rta vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bo‘lajak raqibi Saul Alvaresning takabburligini, uning asosiy zaif tomoni deb atadi. Bu haqda Gennadiyning so‘zlariga tayanib, “BoxingScene”  nashri xabar berdi.

“Saulning eng katta ojizligi takabburligidir va u bu orqali jazolanishi mumkin. "Kanelo" meni umuman xavotirga solmaydi. Insonda ko‘p yomon fazilatlar bo‘lsa, bular uning normal hayot kechirishiga to‘sqinlik qiladi. Bu uni tashvishga soladi. Biz buni hozir (Saul misolida) ko‘ryapmiz. Oxirgi jangida u g‘alaba qozonish uchun raqibini nokautga uchrata olmadi. Hakamlar endi “Kanelo”ga yon bosmayotgani quvonarli hol, albatta”, degan qozog‘istonlik chempion. 

Gennadiy Golovkinninng qo‘shimcha qilishicha, hakamlarni Alvaresning salobati oldingidek bosmaydi.

Qayd etish kerakki, Alvares va Gennadiy o‘rtasidagi to‘qnashuv XXI asrning eng katta qarama-qarshiliklaridan biridir. Ular shu paytgacha o‘zaro ikki marta ringda uchrashgan. Dastlabki jang 2017 yilning 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan va to‘qnashuvni baholab borgan hakamlar 118–110, 113–115, 114–114 hisobida durrang natija qayd etilganini ta’kidlagan. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib Alvares va Golovkin yana bir bor to‘qnashdi. Bu safar meksikalik bokschi qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, boks olami ikki buyuk jangchi o‘rtasidagi uchinchi, balki so‘ngi jangni ko‘radigan  bo‘ldi. Ortda qolgan 4 yil davomida Saul dunyoning eng kuchli bokschisi rutbasini qo‘lga kiritib, uni yo‘qotib ham bo‘ldi. Meksikalik bor yog‘i 32 yosh (har holda prof boks uchun unchalik katta emas) ekanligini inobatga olsak, Jahon boksi cho‘qqisiga yana bir bor qaytishi mumkin.  Ammo Gennadiy Golovkin allaqachon 40 yoshni qarshilab bo‘ldi. “Karvoni” manzilga yaqinlab qolgan “Triple G” Saulga qarshi jangda borini tashlaydi.

Ma’lumot uchun, “Kanelo” va Golovkin o‘rtasidagi trilogiya shu yilning 17 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gennadiy Golovkin Saul' Al'vares

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing