Gennadiy Golovkin Xalqaro boks shon-sharaf zaliga kiritildi

Sport

image

Qozog‘istonlik boks afsonasi Gennadiy Golovkin rasman Xalqaro boks shon-sharaf zaliga kiritildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi MOQ ma’lumotiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi. 

AQSHning Nyu-York shtati Kanastota shahrida o‘tkazilgan marosimda Golovkin IBHOF a’zoligiga qabul qilindi. Shu tariqa u ushbu nufuzli klubga kirgan Qozog‘istonning birinchi sportchisi bo‘ldi.

“Uning sportdagi yutuqlarining e’tirofi uni o‘z davrining eng kuchli bokschilaridan biri sifatidagi maqomini yanada mustahkamladi. Gennadiy Golovkin professional boksdagi ilk urinishi bilanoq IBHOF’ga kiritildi. Endi uning nomi Muhammad Ali, Mayk Tayson, Floyd Meyvezer va Menni Pakyao kabi afsonalar qatorida tilga olinadi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Golovkinning e’tirofi uning noyob statistik natijalariga ham asoslanadi. Havaskor boksdagi faoliyati davomida u 350 jangning 345 tasida g‘alaba qozongan. Professional ringda esa Golovkin 45 ta jang o‘tkazib, 42 ta g‘alabaga erishgan, ularning 37 tasi nokaut bilan yakunlangan. U faoliyati davomida WBA, WBC, IBF va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan hamda uzoq vaqt davomida jahonning vaznidan qat’i nazar reytingida yetakchilar qatorida bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing