Golovkin Ukrainaning qora ro‘yxatiga kiritildi
Sport
−
11:05 788 1 daqiqa
Qozog‘istonlik sobiq bokschi va Jahon boks federatsiyasi prezidenti Gennadiy Golovkin Ukrainaning “Mirotvorets” sayti ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Bu haqda sayt ma’lumotlarida ko‘rish mumkin.
Golovkinning shaxsiy ma’lumotlari joriy yilning 15 avgust kuni sayt bazasiga qo‘shilgan. “Mirotvorets” uni Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.
Bunga Jahon boks federatsiyasi tomonidan rossiyalik sportchilarga nisbatan joriy etilgan ayrim cheklovlarni bekor qilish hamda rossiyalik bokschilarga xalqaro musobaqalarda milliy ramzlari ostida ishtirok etishga ruxsat berilgani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil fevral oyida Gennadiy Golovkin Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, 2025 yil 23 noyabrda esa u niderlandiyalik Boris van der Vorstning o‘rniga Jahon boks federatsiyasi prezidenti etib saylangandi.
Jahon boks federatsiyasi 2023 yilda 80 dan ortiq milliy federatsiyani o‘z ichiga olgan Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) muqobil tashkilot sifatida tuzilgan.
Ukrainaning “Mirotvorets” sayti munozarali faoliyati bilan tanilgan. Saytda jurnalistlar, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari vakillari hamda boshqa shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilingan.
Shuningdek, sayt avval ham voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini ochiqlagani uchun tanqid qilingan. Ma’lumotlar bazasida Rossiya madaniyat arboblari va turli mamlakatlar fuqarolari haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.
Live
Barchasi