General Motors dunyo bo‘ylab yana 1000 nafar xodimini ishdan bo‘shatmoqda

Olam

image

General Motors (GM) kompaniyasi dunyo bo‘ylab taxminan 1000 nafar ishchisini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bo‘shatiladigan xodimlarning asosiy qismi AQSHga to‘g‘ri keladi. Chunki kompaniya o‘z operatsiyalarini optimallashtirishni maqsad qilgan. GM kompaniyasi ish o‘rinlarini qisqartirayotganini tasdiqladi, ammo aniq raqamlarni ochiqlamadi.

“Bozorni yengib o‘tish uchun tezlik va mukammallikni optimallashtirishimiz kerak. Ushbu doimiy sa’y-harakatlar doirasida biz kichik bir guruh ishchilarning qisqarishini amalga oshirdik”, deydi kompaniya rasmiylari.

GM kompaniyasi o‘zini elektr avtomobillari va dasturiy ta’minot bo‘yicha yetakchi sifatida qayta pozitsiyalashni maqsad qilgan, bu sohalar esa yuqori xarajatlarni talab qiladi. Kompaniya kelgusi yilda elektr avtomobillaridan keladigan 2 milliarddan 4 milliard dollargacha yo‘qotishlarni qoplashni rejalashtirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Michigan shtati Uorren shahridagi GM filialining o‘zida taxminan 507 ishchi bo‘shatilgan.

Avgust oyida ham kompaniya o‘zining dasturiy ta’minot bo‘limida 1000 dan ortiq ishchini ishdan bo‘shatgan edi, chunki kompaniya o‘sha paytda jamoani optimallashtirish ustida ishlayotgan edi. Shuningdek, sentyabr oyida GM Kanzas shtatidagi ishlab chiqarish zavodida 1700 ishchini ishdan bo‘shatgan. 2023 yilda esa 5000 nafar kompaniya xodimi kompensatsiya asosida ishni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

General Motors

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing