General Motors haydovchisiz taksisini taqdim etdi
Texnologiya
−
23 yanvar 2020
6076General Motors avtomobil korporatsiyasi Cruise Origin elektrotaksisini taqdim etdi. Avtomobil shahar ko‘chalarida haydovchisiz aylana oladi.
U tashqi tomondan Volkswagen Sedric konsepsiyasini esga soladi, ammo undan farqli o‘laroq, Cruise Origin foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Elektr taksilar erkin savdoga chiqarilmaydi. Undan Uber va Lyft singari maxsus servislar orqali foydalanish mumkin.
Origin uchun haydovchiga ehtiyoj yo‘qligi sabab, ichki salon barcha bo‘sh joylarni hisobga olgan holda yaratilgan. Bundan tashqari, Cruise’da haydovchi yetishmasligi sababli, elektrotaksiga yo‘l harakati xavfsizligini kuzatish uchun o‘nlab datchiklarni qo‘shilgan.
Cruise elektrotaksining akkumulyator sig‘imi, dvigatel quvvati va ishga tushirish sanasi haqida ma’lumot bermagan. Yaqin kelajakda kompaniya futuristik taksining yangi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashishni rejalashtirgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr