GM Tailandda omadsizlikka uchradi. 1500 nafar xodim ishdan ketadi
Olam
−
20 fevral 2020
6681General Motors joriy yilning iyun oyidan Tailanddagi 1500 nafarga yaqin ishchi-xodimini bo‘shatadi. Bunga mamlakatdagi zavodlardagi sotuv natijalari sabab bo‘ldi, deydi kompaniyaning rasmiy vakili.
GM kompaniyasining 17 fevral kuni ma’lum qilishicha, u Tailandning Rayong sanoat provinsiyasidagi ikkita zavodini sotadi. Uning Osiyodagi bu qarorlari Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi korxonalari ish faoliyatiga ham ta’sir qilgan.
Tailand Mehnat vaziri maslahatchisi Jek Punchopetning ma’lum qilishicha, Rayong zonasidagi barcha ishchi-xodimlar GM kompaniyasining savdo shartnomasiga muvofiq ishdan bo‘shaltiriladi.
“Ularning rejasi iyun oyida avtomobillarni ishlab chiqarish liniyasida 1000 xodimni ishdan bo‘shatish, keyin oktyabr oyida yana 300-400 nafar atrofida”, dedi Jek. Ta’kidlanishicha, ikkala zavodda qolgan xodimlar 2020 yil oxiriga qadar ishdan olinadi.
GM’ning vakillari ushbu ishdan bo‘shatishlarga rasmiy izoh bermagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr