General-mayor Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi

Jamiyat

image

General-mayor Aleksandr Shishlyannikov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Harbiy-ilmiy va amaliy rivojlantirish markazi katta ilmiy xodimi, iste’fodagi general-mayor, harbiy fanlar nomzodi, professor Aleksandr Vladimirovich Shishlyannikov og‘ir kasallikdan keyin 73 yoshida vafot etgan. 

Manbaga ko‘ra, general bilan vidolashuv bugun, 16 sentyabr kuni soat 11:00 da Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bo‘lib o‘tmoqda. Marosimga Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov rahbarlik qilmoqda.

“Chuqur bilim, topshirilgan vazifa uchun mas’uliyat hissi, g‘oyat mashaqqatli xizmat va yuqori qo‘mondonlik mahorati A.V. Shishlyannikovning o‘ziga xos xususiyatlari edi. U o‘zini faol, tashabbuskor va shijoatli harbiy rahbar sifatida namoyon etdi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Shishlyannikov 1950 yil 3 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1971 yilda u Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlab, Chexoslovakiyadagi Markaziy harbiy qo‘mondonlik va Germaniyadagi G‘arbiy harbiy qo‘mondonlik bo‘linmalarida xizmat qilgan. 1993−1995 yillarda Tojikiston mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

ta'ziya Aleksandr Shishlyannikov General-mayor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing