General korrupsiya ortidan umrbodga qamaldi
Olam
−
20 fevral 2019
13282Bugun, 20 fevral kuni Xitoyda harbiy sud korrupsiyada ayblangan generalni umrbod qamar jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Harbiy pora berish va olishda, shuningdek, ko‘p miqdordagi kelib chiqish manbasi noma’lum bo‘lgan pullarni olishda ayblangan. Qayd etilishicha, generalning bor mol-mulki musodara qilingan.
Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashining Birlashgan shtabi rahbari Fan Fenxuey partiya intizomini buzish va pora olishda aybdor deb topilgan.
Fan Fenxueyga nisbatan tergov ishi 2018 yilning oktyabr oyida boshlangan. O‘shanda u Xitoy Kommunistik partiyai a’zoligidan chiqarilib, lavozimidan bo‘shatilgan va general unvonidan mahrum qilingan.
Ma’lumot uchun, Si Szinpin partiya XXR raisi etib saylangach, mamlakatda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kamapniya boshlangan. U “yo‘lbarsga ham, pashshaga ham” birdek zarba berishga, ya’ni katta-kichik amaldorlarni birdek jazolashga chaqirgan.
LiveBarchasi