“Gelik jangi”dan Do‘smatov 350 ming AQSH dollari ishlab topdi
Sport
−
15 aprel
15684Kecha, 14 aprel kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan IBA chempionlar oqshomi turniri o‘tkazildi.
Markaziy jangda tashkilot kamari uchun ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov katta ustunlikka erishib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabaga erishdi.
Shunday qilib, Do‘smatov jangdagi g‘alaba uchun 350 ming AQSH dollari miqdoridagi gonorarga ega bo‘ldi.
13 aprel kuni Toshkent shahrida Do‘smatov-Karmona jangi oldidan face-to-face marosimi o‘tkazilgandi. O‘sha tadbirda IBA prezidenti Umar Kremlyov qaysi bokschi 5-raundgacha g‘alabaga erishsa, Mercedes Benz G-Class avtomobilini sovg‘a qilishini aytgandi, biroq jang to‘liq davom etdi va bahsda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining qo‘li baland keldi.