G‘azodan nasroniylarning qadimgi tasvirlari topildi

Bu qiziq

image

G‘azoda 1500 yil avval nasroniylar tomonidan ishlangan tosh o‘ymakorlik buyumlari topildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha,  tasvirlar XV asrda nasroniy ziyoratchilari tomonidan G‘azodagi portda qoldirilgan. 1500 yoshda deb taxmin qilingan eskizda yelkansiz, lekin yuqori qismida kichik bayroq hilpirab turgan ikki ustunli kema tasvirlangan. 

Bildirilishicha, kema nasroniylikning qadimgi ramzi bo‘lsa-da, bu ziyoratchilar sayohat qilgan qayiqning haqiqiy tasviri deb taxmin qilinmoqda. Arxeologlarning ta’kidlashicha, chizmalar topilgan cherkov maydoni O‘rta yer dengizi sohilidagi G‘azo portidan Negevning asosiy shahriga olib boradigan qadimgi Rim yo‘liga tutashgan.

“Shimoliy Negev Vizantiya davri cherkovidagi kema rasmlari haqidagi bu hayratlanarli va qiziqarli topilma biz uchun 1500 yil avval Muqaddas zaminga tashrif buyurgan nasroniy ziyoratchilar dunyosiga deraza ochadi”, deydi Isroil qadimiy ashyolar boshqarmasi direktori Eli Eskusido.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala tosh ham teskari holatda topilgan, bu cherkov qurilishi paytida toshni qo‘ygan shaxs plitaning chizilganini bilmaganini yoki unga ahamiyat bermaganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qadimgi Misrning eng qudratli fir’avniga tegishli uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan sarkofag topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo tasvirlar qadimg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing