G‘azodan Qirg‘iziston fuqarolari ham evakuatsiya qilindi

Olam

image

Qirg‘izistonning ikki nafar fuqarosi G‘azo sektoridan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar doirasida, shuningdek, Falastindagi beqaror vaziyat munosabati bilan Qirg‘iziston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi va Rossiya Federatsiyasining Qohiradagi diplomatik vakolatxonasining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 24 noyabr kuni ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi G‘azo sektoridan Misr orqali evakuatsiya qilindi”, deyiladi TIV bayonotida..

Rasmiy Bishkek Rossiya tomoniga Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarini G‘azo sektoridan muvaffaqiyatli evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

“G‘azo sektori hududini tark etmoqchi bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom etadi”, deyiladi xabarda.

Lekin vazirlik u yerda qancha Qirg‘iziston fuqarosi borligiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17 noyabr kuni Qozog‘iston fuqarolari G‘azo sektoridan evakuatsiya qilinib, Olmaota shahriga yetib kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing