G‘azodagi shifoxonaning portlatilishi ortidan Bayden Iordaniyaga bormaydigan bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Iordaniyaga tashrifini qoldirdi.  Bu haqda AFP agentligi Oq uyga tayanib xabar berdi.

Aniqlanishicha, Yaqin Sharqqa rejalashtirilgan tashrifi doirasida Jo Bayden faqat Isroilga boradi. Bu e’lon G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan ommaviy hujum fonida bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Iordaniya qiroli Abdulla II bilan maslahatlashuvlardan so‘ng va Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos e’lon qilgan motam kunlarini hisobga olgan holda Iordaniyaga tashrifini bekor qilishga qaror qilgan. Ushbu uchrashuvda Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi ham ishtirok etishi kerak edi.

Oq uy bayonotida Jo Bayden G‘azo sektoridagi shifoxonada sodir bo‘lgan va begunoh odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan portlash uchun chuqur hamdardlik bildirgan.

O‘z navbatida, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Husayn Abdulloh as-Safadiy Iordaniyaning “Al Mamlaka” telekanaliga bergan intervyusida qirol Abdulla II va AQSH Prezidentining uchrashuvi mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilgandagina tashkillashtirilishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safarini Isroildan boshlab, Iordaniya, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Misrga ham borgan va shu davlatlarning rasmiylari bilan Isroil-Falastin masalasini muhokama qilgandi. Arab davlatlariga qilgan safaridan so‘ng, Entoni Blinken 16 oktyabr kuni Isroilga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Iordaniya Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing