G‘azodagi maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektorida yuzlab falastinliklar boshpana olayotgan BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) maktabiga hujum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tanklari G‘azo shahri markazining Rimal hududidagi UNRWA maktabini o‘qqa tutgan.

“Ash-Shifa” shifoxonasi vakillarining xabar berishicha, otishmalar oqibatida kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 15 kishi yaralangan. Ba’zi yaradorlarning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Cheklangan resurslar tufayli shrapnelni olib tashlash uchun operatsiya behushliksiz amalga oshiriladi.

Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi turli nuqtalarni havodan, quruqlikdan va dengizdan shiddatli bombardimon qilishlari oqibatida o‘nlab insonlar halok bo‘ldi va yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo Falastinlik qochqinlarga yordam ko'rsatish agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing