G‘azodagi qurbonlar soni yangilandi
Olam
−
24 mart
4866Isroil armiyasining 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari, odamlarni och va suvsiz qoldirishi oqibatida qurbon bo‘lgan falastinliklar soni 32 mingdan oshdi. Bu ma’lumotlar Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Isroil kuchlarining G‘azo sektorini oxirgi 24 soat ichida portlatishi tufayli yana 82 falastinlik hayotdan ko‘z yumgan, 110 nafar falastinlik jarohat olgan.
Urush boshlanganidan beri yaralanganlar soni esa 74 ming 298 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda 14 ming bola Isroil agressiyasi qurboni bo‘lgani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15