G‘azodagi qurbonlar soni 26 mingdan oshdi

Olam

image

2023 yil 7 oktyabrda HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urushning yangi bosqichi boshlanganidan beri G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 26 083 nafarga yetdi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yana 64 487 kishi jarohatlangan. So‘nggi 24 soat ichida 183 kishi G‘azodagi harbiy amaliyotlar qurboni bo‘lgan, yana 377 kishi yaralangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, ko‘plab halok bo‘lganlarning jasadlari binolar vayronalari ostida va anklav ko‘chalarida qolmoqda. Isroil qurolli kuchlarining bombardimonlari tufayli mahalliy fuqaro mudofaasi vakillari ularga yetib bora olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 25 ming kishiga yaqinlashgani xabar qilingandi. Bugungi ko‘rsatkich esa 6 kun ichida mingga yaqin odam qurbon bo‘lganini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing