G‘azodagi qurbonlar 54 mingdan oshdi

Olam

image

2023 yilning 7 oktyabr kunidan buyon Isroil tomonidan G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujumlar oqibatida 54 ming 056 nafar falastinlik halok bo‘ldi va 123 ming 129 kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida kamida 79 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 163 nafari yaralangan.

Shuningdek, rasmiy OAVlar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy G‘azodagi shifoxonalarga kirish imkoni yo‘qligi sababli ushbu statistik ma’lumotlarga u yerda qayd etilgan qurbonlar kiritilmagan.

Qayd etilishicha, minglab falastinliklarning jasadlari bombardimon oqibatida vayron bo‘lgan binolar ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Isroil 18 may kuni ikki oylik tinchlikdan so‘ng, G‘azo sektorida harbiy harakatlarni qayta boshladi. Aynan o‘sha kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) G‘azo sektorida yangi quruqlikdagi operatsiya “Gidyon aravasi” boshlanganini e’lon qildi. “The Times of Israel” nashrining yozishicha, hozirda G‘azo sektorida SAXALning barcha oddiy piyoda va zirhli brigadalari joylashtirilgan. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroil G‘azo sektorining butun hududida harbiy nazorat o‘rnatish niyatida ekanini aytdi. G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyat Yevropa Ittifoqini yahudiy davlati bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga undagan. Britaniya, Kanada va Fransiya esa sanksiyalar bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS harakati AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ikromboyev Hasanboy


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing