G‘azodagi dalalarning atigi 1,5 foizi falastinliklarga qoldi – BMT
Olam
−
07 avgust 4130 2 daqiqa
Ayni paytgacha Isroilning zarbalaridan charchagan Falastin aholisi tobora yerlarini yo‘qotib bormoqda. Urush tufayli ochlikka duch kelayotgan falastinliklar uchun G‘azodagi ekin maydonlarining faqat 1,5 foizigina qolgan. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga tayanib, “The Guardian” xabar bermoqda.
Mojarodan oldin G‘azo sektori rivojlangan qishloq xo‘jaligi markazi bo‘lgan, u yerda dehqonlar mahalliy iste’mol uchun turli xil meva, sabzavot, yong‘oq va don mahsulotlarini yetishtirishgan.
FAO ma’lumotiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi G‘azo sektori iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil qiladi va 560 000 dan ortiq kishi yoki aholining to‘rtdan bir qismi bu yerda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik bilan shug‘ullanadi.
Isroil 2023 yil oktyabr oyida G‘azoni qamal qilishni boshlanganidan beri oziq-ovqat manbalarini nishonga oldi. 2025 yilning 28 iyuliga kelib, sektordagi qishloq xo‘jaligi yerlarining 86 foiziga, qariyb 13 ming gektar (32 ming akr)ga zarar yetkazgan. Ekin maydonlarining 9% dan sal kamrog‘idan hali ham foydalanish mumkin bo‘lsa-da, atigi 1,5% - 232 gektar ekvivalent Isroil hujumidan zarar ko‘rmagan.
“Hozir G‘azo keng ko‘lamli ocharchilik yoqasida. Odamlar oziq-ovqat yetishmasligi tufayli emas, balki unga kirish taqiqlanganligi, oziq-ovqat tizimlari vayron bo‘lganligi tufayli o‘zlarini tirikchilik vositalari bilan ta’minlay olmaydi. Bizga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va turmush tarzini tiklash uchun zudlik bilan yordam kerak – bu hayotni yo‘qotishni oldini olishning yagona yo‘li. Oziq-ovqat huquqi insonning asosiy huquqlaridan biridir”, deydi FAO Bosh direktori Qu Dongyu.
Ma’lumot uchun, Isroil hukumati G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirish, hattoki bu hududni to‘liq bosib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Isroil Mudofaa kuchlari shtab boshlig‘i Eyal Zamir esa G‘azo to‘liq bosib olinishiga qarshi va bu harakatni amaliy jihatdan xavfli deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azo sektorida oziq-ovqat yuklarini olib ketayotgan gumanitar yuk mashinasining ag‘darilib ketishi oqibatida 20 falastinlik halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr