G‘azodagi HAMAS yetakchisi Isroil bilan urushni tugatish kafolatisiz kelishuvni qabul qilmaydi – WSJ

Olam

image

Falastinning G‘azo sektoridagi HAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvar Isroil bilan “urushni tugatish bo‘yicha ishonchli reja” bo‘lmasa, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda kecha, 2 may  kuni manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Sinvarning asosiy maqsadi HAMAS tomonidan garovga olinganlar evaziga Isroil qamoqxonalaridagi yuzlab, hatto minglab falastinliklarni ozod qilishdir. Shuningdek, u kelishuv HAMASning anklavdagi mavjudligi saqlanib qolishi va harbiy harakatlarni tugatishga olib kelishini kutmoqda. Sinvar "urushni tugatish bo‘yicha ishonchli reja"siz kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro kafolatlarni talab qiladi.

“Misr, Qatar va Qo‘shma Shtatlarning kafilligi HAMAS uchun "yetarsiz" ko‘rinadi”, deb ta’kidlagan muzokaralarda ishtirok etayotgan nashr suhbatdoshlari.

Ular Sinvar bilan ham, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan ham muzokara qilish qiyinligini qo‘shimcha qilishdi.

"Uning [Netanyaxuning] yagona maqsadi o‘zining siyosiy omon qolishidir va hamma narsa shundan kelib chiqadi. Bu shuni anglatadiki, agar u qaror qabul qilsa, o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni qo‘yib yuborish bo‘yicha kelishuv bo‘lmaydi. U boshi berk ko‘chada", deydi sobiq isroillik diplomat Alon Pinkas.

WSJ suhbatdoshlarining aytishicha, Sinvar tirik qolish-qolmasligidan qat’i nazar, u allaqachon urushda g‘alaba qozonganiga ishonadi.

“Chunki u dunyo e’tiborini falastinliklarning azob-uqubatlariga qaratdi va mojaroni xalqaro siyosatning birinchi qatoriga olib chiqdi", deb tushuntiradi muzokarachilar.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, G‘azodagi HAMAS yetakchisi mintaqa blokadasini olib tashlashga, Isroil harbiy bosimidan xalos bo‘lishga va harakatning davom etishini ta’minlashga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni Misr Isroil tomoni bilan kelishilgan tashabbusni HAMASga topshirdi, bu tashabbus anklavda o‘t ochishni to‘xtatish evaziga G‘azoda HAMAS tomonidan garovga olingan 20-40 kishini ozod etishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu Yahyo Sinvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing