G‘azoda yangi xavf paydo bo‘ldi
Olam
−
13 dekabr 2023
18577G‘azo qochqinlar lagerlarida kamida 360 ming kishida yuqumli kasallik qayd etilgan. Bu haqda Qatarning "Al Jazeera" telekanali Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Axborot agentligiga ko‘ra, Isroilning vahshiyliklari ortidan ushbu vaqtinchalik yashash joyi 1,9 millionga yaqin falastinliklar bilan to‘lgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) qochqinlar orasida meningit, suvchechak, sariq kasal va yuqori nafas yo‘llari infeksiyalariga chalinish holatlari ko‘payganini ma’lum qildi.
Aytilishicha, G‘azo sektoridagi 36 shifoxonadan faqat 11 tasi bemorlarni cheklangan miqdorda qabul qilyapti, faqat bitta tibbiyot muassasasi Falastin anklavining shimoliy qismida ishlaydi.
JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus G‘azo sektoridagi sog‘liqni saqlash tizimi inqirozga yuz tutgani, anklavda kasalliklarning tarqalishi ko‘paygani va Isroilning hujumlari to‘xtamasa vaziyat bundan ham og‘irlashishi mumkinligini aytgandi.
Uning ta’kidlashicha, hozirda G‘azo sektorida "o‘rtacha har 700 kishiga bitta dush va har 150 kishiga bitta hojatxona to‘g‘ri keladi".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda halok bo‘lganlar qariyb 18 mingga yetgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi