G‘azoda vafot etganlar 23 mingdan oshdi
Olam
−
10 yanvar
3073G‘azo sektorida Isroilning zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 357 nafarga yetdi, 59 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda Falastin anklavining sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“O‘tgan yilning 7 oktyabridan beri Isroil agressiyasi tomonidan o‘ldirilganlar 23 357 nafarga yetdi, 59 410 kishi jarohat oldi”, deyiladi bayonotda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari natijasida 147 kishi qurbon bo‘lgan va 243 kishi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 2 yanvariga qadar G‘azo anklavida 22 185 falastinlik halok bo‘lgan edi. 8 kun ichida bu ro‘yxatga yana 1 172 nafar kishi qo‘shilgan.
LiveBarchasi