Isroil hujumi oqibatida G‘azoda o‘lganlar soni 22 mingdan oshib ketdi

Olam

image

2023 yilning 7 oktyabridan 2024 yilning 2 yanvariga qadar G‘azo anklavida 22 185 falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 
ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, halok bo‘lganlarning qariyb 70 foizi ayollar va bolalardir. Shuningdek, Isroilning hujumlari oqibatida 57 035 nafar falastinlik yaralangan.

7000 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan bo‘lib, ularning ko‘pi vayronalar ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda.

Hisobotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo anklavining 207 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana 338 nafari jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made