G‘azoda urush boshlanganidan beri 21 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Olam

image

7 oktyabrdan beri G‘azo sektoridagi janglar oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 21,1 mingga yetdi. Jumladan, so‘nggi 24 soat ichida 195 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi urush vaqtida 55,2 ming kishi jarohatlangan.

Shuningdek, vazirlikning Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda Isroil armiyasi “Nosir” tibbiyot majmuasi joylashgan hududga hujumlarini kuchaytirgani qayd etilgan.

"Biz “Ash-Shifa” shifoxonasi bilan sodir bo‘lgan ssenariy u bilan takrorlanishidan qo‘rqamiz. Biz xalqaro tashkilotlarni tibbiyot majmuasi, uning xodimlari, yaradorlar, kasallar va minglab ko‘chirilgan odamlarni himoya qilish uchun samarali va shoshilinch choralar ko‘rishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 7 oktyabrda boshlangan. Isroil tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 1,2 ming kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektori markazidagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumida kamida 70 kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing