G‘azoda o‘lgan falastinliklar soni 29 mingga yaqinlashdi
Olam
−
18 fevral
40392023 yil oktyabr oyida Falastin anklavidagi keskinlik avj ola boshlaganidan beri G‘azo sektorida 28 800 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 17 fevral kuni G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
"Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni bugungi kunda 28 858 kishiga yetdi", deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu davrda 68 677 falastinlik yaralangan.
Shuningdek, bir kun ichida Isroil kuchlarining hujumlari oqibatida 83 kishi halok bo‘lgan, 125 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining 2024 yil 9 fevral kuni G‘azo sektoridagi shahar va aholi punktlari ko‘chalarida kamida 12 million tonna chiqindi to‘planib qolganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi