G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar 49 nafarga yetdi

Jamiyat

image

G‘azo sektorida harbiy kuchayish boshlanganidan buyon mintaqadagi vaziyatni yorituvchi 49 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning “Tasnim” agentligi xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sohada faoliyat yuritayotgan jurnalistlar umumiy sonining 4 foizini tashkil etadi. 

Avvalroq Falastin jurnalistlari uyushmasi G‘azo sektoridagi aloqa uzilib qolgan o‘nlab muxbirlar taqdiridan xavotir bildirgan edi. Tashkilotga ko‘ra, ular Isroil harbiylari tomonidan qatag‘on qilinishlaridan qo‘rqib Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar xodimlaridan himoya qilishlarini so‘ragan.  

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, o‘z navbatida, “Falastin anklavida to‘rt hafta ichida kamida so‘nggi o‘ttiz yillikdagi boshqa to‘qnashuvlardan ko‘ra ko‘proq jurnalist halok bo‘lganini” aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil-Falastin mojarosi G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing