G‘azoda saharlik vaqtida bir oilaning 36 a’zosi halok bo‘ldi
Olam
−
18 mart
11112G‘azo markazidagi Nuseyrat lagerida saharlik uchun yig‘ilgan oilaning 36 nafar a’zosi bombardimon oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “France24” xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, ayollar ro‘zaoldi ovqat tayyorlayotgan paytda ular turgan binoga havo hujumi uyushtirilgan va 36 nafar oila a’zosi halok bo‘lgan.
“Hodisa holatlari hozircha o‘rganilmoqda”, deyiladi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, bombardimondan 19 yoshli Muhammad al-Tabatibi tirik qolgan.
“Bu mening onam, bu mening otam, bu mening xolam va bular mening ukalarim. Ular biz uyda bo‘lganimizda uyni bombardimon qilishdi. Onam va ammam saharlik taomini tayyorlayotgan edi. Ularning hammasi halok bo‘ldi", deydi zarbada chap qo‘li jarohatlangan Tabatibi ko‘z yoshlari bilan.
Nuseyratdagi zarba bir kechada yuz bergan 60 ta halokatli havo hujumlaridan biriga aylanib, HAMAS tomonidan qonli kecha deb baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi.
LiveBarchasi