G‘azoda qurbonlar soni qariyb 30 mingga yetdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 29 ming 878 nafarga yetdi. Yana 70 ming 215 nafar falastinlik yaralangan. Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 96 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboni bo‘lgan, 172 kishi jarohatlangan.

Departamentning qayd etishicha, Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli shifokorlar va qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan odamlarning jasadlariga yetib bora olmayapti.

G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy bombardimonlari hamda eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Minglab binolar, jumladan shifoxonalar, masjidlar va cherkovlar ham Isroilning havo va quruqlikdan hujumlari oqibatida zarar ko‘rgan va butunlay vayron bo‘lgan. Isroilda qurbonlar soni hozircha 1200 ga yaqin. 

Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS tomonidan isroillik muhojirlarning Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban qurolli hujum amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘nlab qiruvchi samolyotlar yordamida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi, bu esa G‘azo aholisining qirg‘iniga aylanib ketdi. 27 oktyabr kuni Isroil armiyasi G‘azoda quruqlikdagi operatsiyalarni boshladi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing