G‘azoda qurbon bo‘lganlar 8,8 mingga yetdi

Olam

image

26 kundan beri Isroilning shiddatli bombardimonlari ostida bo‘lgan G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 271 nafarga ortib, 8796 nafarga yetdi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Qudra, “Shifa” shifoxonasi oldida uyushtirilgan matbuot anjumanida davom etgan Isroil hujumlari haqida so‘z ochdi.  

Qudra, Isroilning G‘azoda 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida qurbon bo‘lganlar sonining 8796 nafarga yetganini aytgan. Ularning 3648 nafari bolalar, 2290 nafari ayollardir. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaradorlar soni 22 ming 219 kishi, G‘azo sektorini intensiv bombardimon qilish davom etmoqda, hujumlar boshlanganidan beri 2 ming 30 kishi vayronalar ostida qolib ketgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hujumlarida 132 tibbiyot xodimi halok bo‘lgan va hujumda nishonga olingan 25 tez yordam mashinasi yaroqsiz holga kelgan. 

Isroilning 58 tibbiyot muassasasini ataylab nishonga olganiga diqqat qaratgan Qudra, 16 shifoxona va 32 birlamchi sog‘liqni saqlash markazining hujumlar va yoqilg‘i tugashi tufayli ishlamay qolgani haqidagi ma’lumotni taqdim etgan. 

U so‘zida davom etib, G‘azodagi “Shifa” va Indoneziya shifoxonalari yoqilg‘i yetishmasligi sababli yaqin soatlarda faoliyatini to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. 

Qudra do‘st davlatlar va xalqaro tashkilotlarni vaziyatga shoshilinch ravishda aralashib, bugun oxirigacha G‘azo shifoxonalarini yoqilg‘i bilan ta’minlashga chaqirdi. Aks holda, “Shifa” va Indoneziya shifoxonalarining asosiy generatorlari ishlamay qoladi. 

Qudra, Misrning ko‘p sonli yaradorni o‘lkadagi shifoxonalarga o‘tkazish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlagan. 

Vazirlik vakilining qo‘shimcha qilishicha, ahvoli og‘ir bo‘lgan yaradorlar ham olib ketilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Isroil-Falastin mojarosining avj olgan 7 oktyabrdan beri blokada ostidagi G‘azo sektorida 38 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing